Ha bunday katta o'zgarishdan keyin, aslida blog qanday yuritiladi degan savolga INTERNET dan qidirib ko'rdim va topdim. Blog haqida juda ko'p narsalarni gapirish mumkin, nimalar yozish kerak, qanday yozish kerak, qachon yozish kerak, aslida blogda nimalar bo'ladi, blog nima o'zi. Bularning hammasiga javob yozmoqchi edim, lekin bu mening blogim BLOG haqidagi blog emas. Shunga o'zim qilgan ishimning ozginasidan ma'lumot keltirdim.
Ism
Aytilishicha blogda asl isimni ko'rsatish kerak emas ekan. Sababi, agar sizning blogingiz salbiy tarafga qarab ketib qolsa, bu sizning hayotingizga ham ta'sirini o'rkazishi mumkin. Lekin yaxshi tarafga qarab qadam qo'ysachi...? Mani fikrimcha o'zingizning kimligingizni yashirmaganingiz ma'qul. Ha o'zimga kelsam mani ko'pchilik taniydi tanimaganlari GOOGLE dan qidirsa topib oladi :).
Vaqt
Yana bir blogni yuritishning muhim ahamiyati uni yuritish vaqti. Sizni ushbu yuritayotgan blogingiz hayotingizdagi ishingizga umuman halaqt bermasligi lozim, aks holda ishingizda ham blogingizda ham yaxshi natijalarga erisha olmasligingiz mumkin.
Sarlavha
Va yana shuni aytamanki, blogingizni sarlavhasi siz qiziqqan, va bu siz tanlagan sohani o'rganishda hech qanday moilaviy yordam talab qilmaydigan (chunki pul yetishmasligi sababli blogingiz to'xtab qolishi mumkin) bo'lib, eng muhimi o'zingiz shunga qiziqishingiz va shu asosida blogingizni yuritishingiz lozim. "Bu mening hayotim" ha bunda men o'zimni hayotimni yoritishga harakat qilaman, IT va kompyuterda qilgan ishlarim, o'rganganlarim, erishgan natijalarim va qanday erishganlarim haqida.
Qolganlari...
To'g'ri blog yuritish bo'yicha ko'pchilik o'z bilgan usulini qo'llaydi. Lekin mani o'ylashimcha dastlabki uchtasi eng muhimidir. Hozircha hammasi OK.
Ha bugunga ozgina bo'lsada tashqi dunyodan ma'lumotlar oldim, kun o'tadi, hamma o'z hayot yo'lidan ketmoqda. Kelinglar sizlarni o'z yo'limdagi dunyoimga taklif qilaman.
Hush kelibsizlar.
Комментариев нет:
Отправить комментарий